Skip to content
Telegram botlarE-commerce

Chocoberry Queen

Shokoladli qulupnayni yetkazib berish uchun Telegram do‘kon-bot

Chocoberry Queen
Mijoz
Chocoberry Queen
Yil
2024
Nima qildik
Telegram botlar
Texnologiyalar
aiogram 2Django 4.2PostgreSQLYandex Maps

Shokoladli qulupnaydan sovg‘a to‘plamlarini yetkazib beradigan Chocoberry Queen uchun do‘kon-bot. Buyurtma butunlay Telegram ichida rasmiylashtiriladi va o‘sha zahoti operatorga tushadi.

Vazifa

Shokoladli qulupnayni odatda sovg‘a qilib buyurtma qilishadi: aniq kunga, aniq vaqtga va ko‘pincha boshqa odamga. Buyurtmalarni Instagram direkt va chatlarda qabul qilganda, operator har safar bir xil narsalarni so‘rashiga to‘g‘ri keladi: qaysi to‘plam, qachon, kimga, qayerga.

Bu savollarning hammasini bot so‘rashi va operatorga tayyor buyurtma kelishi kerak edi.

Nima qildik

Bot katalogni narx toifalari bo‘yicha ko‘rsatadi, savat bor. Rasmiylashtirishda mijoz yetkazib berish kuni va vaqt oralig‘ini tanlaydi, qabul qiluvchining telefonini kiritadi va xaritada nuqta qo‘yadi. Bot koordinatalarni o‘qiladigan manzilga aylantiradi (reverse geocoding).

Tayyor buyurtma operator kanaliga tushadi, unda Django admin panelidagi buyurtmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola bor. Katalog va matnlar Django CMS da tahrirlanadi, bot o‘zbek, rus va ingliz tillarida.

Natija

  • 01Narx toifalari bo‘yicha katalog va savat
  • 02Yetkazib berish vaqti, qabul qiluvchi telefoni va xaritadagi nuqta
  • 03Admin panelga havola bilan buyurtmalar operator kanaliga
  • 04Uch til: o‘zbek, rus, ingliz
  • 052024-yilda ishga tushdi
Chocoberry Queen — 1
Keyingi loyiha
UstozTop

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.