Toshkentda mobil ilova yaratish
iOS va Android uchun ilovalarni Flutter’da bitta kod bazasida yozamiz: dizayn, backend, admin panel va App Store hamda Google Play’ga joylash. Ilova shart bo‘lmasa, Telegram Mini App’ni taklif qilamiz, u arzonroq va tezroq.
- Narxi
- $1 600 dan
- Muddati
- 10–16 hafta
Ish vaqtida bir soat ichida javob beramiz
Nimalar kiradi
iOS va Android uchun dizayn
Ekranlar Figma’da, ikkala platforma qoidalarini hisobga olib chiziladi. Dasturlashdan oldin bosiladigan prototipda sinab ko‘rasiz.
Flutter’da bitta kod
Bitta kod bazasi ikkala platformada ishlaydi. Ikkita alohida native ilovaga qaraganda arzonroq va yangilash osonroq.
Backend va admin panel
Django yoki FastAPI’da server qismi, kontent, foydalanuvchilar va buyurtmalarni boshqarish uchun admin panel.
Kirish va bildirishnomalar
Apple, Google yoki telefon raqami orqali kirish. FCM va APNS orqali push-bildirishnomalar.
To‘lovlar
Nima sotishingizga qarab Click, Payme yoki App Store va Google Play ichki xaridlari. Qaysi biri mos kelishini birinchi bosqichda aytamiz.
Do‘konlarga joylash
Ilovani sizning developer akkauntlaringizdan App Store va Google Play’ga joylaymiz, tekshiruvdan o‘tkazamiz.
Formatlar va narxlar
Telegram Mini App
Telegram ichida ochiladigan ilova: katalog, yozilish, shaxsiy kabinet. O‘rnatish va do‘kon tekshiruvi shart emas.
MVP ilova
iOS va Android uchun asosiy funksiyalar bilan birinchi versiya. G‘oyani haqiqiy foydalanuvchilarda sinash uchun.
Yo‘nalish bo‘yicha ishlar
Barcha ishlar
Damka.uz
2024–2026Rus shashkasi bo‘yicha onlayn platforma: veb, ilova, bot va AI raqib

Clindoc.uz
2024Toshkentdagi shifokor va klinikalarni topish va onlayn yozilish servisi

Foydali Nuqtalar
2024Akupressura nuqtalari haqidagi kitob-ilova: iOS va Android

Radio City
2025Buxorodagi elektronika do‘koni uchun mobil ilova

İstanbul EKU Markazi
2026EKU klinikalari tarmog‘i bemorlari uchun Telegram platforma

Xonadosh
2026Xonadoshlar bilan umumiy xarajat va navbatchilik uchun Mini App
Ish bosqichlari
- 01
Brif va ilova kerakmi
Telegram’da @Azamat_yamin’ga yozasiz. Avval sizga native ilova kerakmi yoki Mini App yetarlimi, shuni aniqlaymiz.
- 02
Prototip va dizayn
Asosiy ekranlarning bosiladigan prototipi, keyin to‘liq dizayn. Ekranlar tasdiqlangach narx va muddat qayd etiladi.
- 03
Dasturlash
Ilova va backend parallel yoziladi. Har 2 haftada TestFlight va Google Play test kanali orqali yangi build yuboramiz.
- 04
Testlash
Turli telefonlarda, sekin internetda, bildirishnomalar va to‘lovlarni tekshiramiz.
- 05
Do‘konlarga chiqarish
Ilova sahifalari, skrinshotlar, tavsiflarni tayyorlaymiz va Apple hamda Google tekshiruvidan o‘tkazamiz.
- 06
Qo‘llab-quvvatlash
Xatolarni tuzatish, iOS va Android yangi versiyalariga moslash, yangi funksiyalar.
Texnologiyalar
- Flutter
- Dart
- Swift
- Kotlin
- Telegram Mini Apps
- React
- Firebase
- Django
Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.
Telegram’da yozishXizmat haqida batafsil
Mobil ilova bo‘yicha birinchi suhbatda ko‘pincha bir xil savolni beramiz: mijozlaringiz rostdan ham ilovani o‘rnatadimi? O‘zbekistonda auditoriyaning katta qismi kun bo‘yi Telegram’da o‘tiradi. Telefonga yana bitta ilova yuklash odam uchun to‘siq, va ba’zan bu to‘siq butun loyihani yo‘qqa chiqaradi.
Shuning uchun ikki yo‘lni ochiq solishtiramiz.
Telegram Mini App odatiy Telegram ichida ochiladi. O‘rnatish yo‘q, App Store tekshiruvi yo‘q, foydalanuvchi allaqachon tizimga kirgan. İstanbul EKU Markazi uchun (Toshkent, Samarqand va Urganchdagi EKU klinikalari tarmog‘i) aynan shunday qildik: bemorlar uchun Mini App, bot va xodimlar uchun admin panel. Xizmatlar, qabulga yozilish, kontent, rus va o‘zbek tilida. Tizimni multi-tenant qilib qurdik, ya’ni uni boshqa klinika brendi ostida ham ishga tushirish mumkin. Xonadosh ham Mini App: umumiy uy xarajatlarini bo‘lish va navbatchilik jadvali.
Native ilova quyidagi hollarda kerak:
- push-bildirishnomalar mahsulotning asosiy qismi bo‘lsa;
- oflayn ishlash, kamera, geolokatsiya yoki telefon sensorlari kerak bo‘lsa;
- App Store va Google Play orqali raqamli kontent sotsangiz;
- ilova brendning o‘zi va uni do‘konda topishlari kerak bo‘lsa.
Foydali Nuqtalar shunday loyiha bo‘ldi: akupressura bo‘yicha pullik elektron kitob, iOS va Android uchun ilova. 15 til, Apple va Google orqali kirish, FCM va APNS push, boblar bo‘yicha pullik kirish. Bizning sharoitga xos detal: ba’zi foydalanuvchilar to‘lov chekini Telegram bot orqali yuboradi, administrator uni admin panelda tasdiqlaydi va bob ochiladi.
Nega Flutter. Biznes ilovalarining ko‘pchiligi uchun ikkita alohida native ilova (Swift va Kotlin) ortiqcha xarajat. Flutter’da bitta kod ikkala platformada ishlaydi, interfeys bir xil ko‘rinadi, yangilanishlar bir vaqtda chiqadi. Bizning mobil dasturchimiz Samandar shu stekda ishlaydi, backend’ni esa Django yoki FastAPI’da yozamiz.
Narx va muddat. MVP, ya’ni ikkala platforma uchun asosiy funksiyali birinchi versiya, $1 600 dan va 10–14 hafta. Backend, to‘lovlar, rollar va bir necha tilli to‘liq ilova $8 000 dan. Mini App $1 500 dan va 4–6 hafta. Developer akkauntlari xarajatini ham hisobga oling: Apple yiliga $99, Google Play bir martalik $25. Akkauntlar kompaniyangiz nomiga ochiladi, biz faqat ularda ishlaymiz.
Yana bir gap, buni oldindan aytishni afzal ko‘ramiz: ilova bir marta qilinib, tashlab qo‘yiladigan narsa emas. Har yili iOS va Android’ning yangi versiyalari chiqadi, do‘konlar talablarni o‘zgartiradi. Qo‘llab-quvvatlash byudjetini boshidan rejalashtiring.
Ilova kerakmi yoki Mini App yetarlimi, bilmasangiz, Telegram’da @Azamat_yamin’ga vazifani yozing, birgalikda hisoblab chiqamiz.
Savol va javoblar
Mobil ilova yaratish narxi qancha?
Ilova qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?
Flutter native ilovadan yomonroq emasmi?
Ilovani App Store va Google Play’ga kim joylaydi?
Bizga ilova emas, Mini App yetarli emasmi?
Shartnoma va so‘mda to‘lov bormi?
Kod va server kimga tegishli?
Chiqarilgandan keyin qo‘llab-quvvatlaysizmi?
Bular ham qiziq

Mobil ilova o‘rniga Telegram Mini App: bizning tajriba
Telegram Mini App qachon mobil ilovani almashtiradi, qachon yo‘q: avtorizatsiya, push, to‘lov, cheklovlar. Xonadosh, İstanbul EKU va UstozTop tajribasi.

Android va iOS uchun ilova yaratish: g‘oyadan do‘konlargacha
Android va iOS uchun ilova qanday yaratiladi: Flutter, React Native yoki native, backend, push, to‘lov hamda App Store va Google Play moderatsiyasi.
Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.
Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.