Skip to content
Veb-platformalarUI/UX

Shajara

Oila shajarasi va avlod tarixi uchun platforma

Shajara
Mijoz
Idrok Group
Yil
2026
Texnologiyalar
React 19ViteFastifyDrizzleSocket.IOd3PostgreSQL

Shajara bizning oila shajarasini tuzish uchun startapimiz. Qarindoshlar daraxtni real vaqtda birga tahrirlaydi, interfeys o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Vazifa

O‘zbek oilalarida yetti otasini bilish odat bo‘lgan, lekin bu ma’lumot odatda keksalarning xotirasida va eski daftarlarda saqlanadi. Mavjud genealogiya servislari bizga g‘arb oilalari uchun qilingandek tuyuldi: katta oilalar, ko‘p qarindoshlik aloqalari, ismlarning turlicha yozilishi ularda yaxshi aks etmaydi.

Oila bugun boshlaydigan va avlodlari asrlar davomida davom ettiradigan daraxt qilmoqchi edik.

Nima qildik

Server Fastify 5 da, Drizzle ORM va PostgreSQL bilan, mijoz qismi React 19 + Vite da. Google orqali kirish.

Eng murakkab qism daraxt joylashuvi. Biz d3 asosida o‘zimiznikini yozdik, qum soati shaklida: ajdodlar tepada, avlodlar pastda, turmush o‘rtoqlar yonma-yon. Murakkab qarindoshlik tufayli bir odam daraxtda ikki marta uchrasa, u bitta odam sifatida belgilanadi.

Daraxtni bir vaqtda bir necha kishi tahrirlaydi: o‘zgarishlar Socket.IO orqali tarqaladi va hamma tahrirlarni darhol ko‘radi.

Natija

  • 01Daraxtni real vaqtda birgalikda tahrirlash
  • 02O‘z joylashuv algoritmi: ajdodlar tepada, avlodlar pastda
  • 03O‘zbek, rus, ingliz tillari
  • 042026-yilda shajara.idrok.group’da ishga tushdi
Shajara — 1
Shajara — 2
9:41
shajara.idrok.group
Shajara — 3
Keyingi loyiha
Солнечный ТВ

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.