Skip to content
SaytlarUI/UX

Enlawyer

Xalqaro yuridik firmaning korporativ sayti

Enlawyer
Mijoz
Enlawyer Law Firm
Yil
2025–2026
Texnologiyalar
Next.jsReact 19DjangoPostgreSQL

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda bank, moliya, energetika, qurilish va korporativ huquq bo‘yicha ishlaydigan Enlawyer firmasining sayti. Uch til, o‘z CMS va jiddiy SEO asos.

Vazifa

Enlawyer xalqaro mijozlar bilan ishlaydi, ular esa yuristni tajribasiga qarab tanlaydi: firma qanday bitimlarni olib borgan, qaysi sohalarda ishlaydi, amaliyotni kim boshqaradi.

Firmaga buni ko‘rsatadigan, qidiruvda topiladigan va har bir yangilik uchun dasturchi talab qilmaydigan ingliz, rus va o‘zbek tilidagi sayt kerak edi.

Nima qildik

Frontend Next.js va React 19 da, backend va CMS Django da. Bo‘limlar: amaliyotlar, sohalar, bitimlar, jamoa, yangiliklar va tahliliy maqolalar. Uzun maqolalarda mundarija avtomatik yig‘iladi, u orqali kerakli qismga o‘tish qulay.

SEO’ni birinchi kundan qo‘ydik: barcha tillar uchun sitemap, firma, yuristlar va maqolalar uchun strukturalangan ma’lumotlar. Saytdan kelgan arizalar yuristlarga Telegram’ga tushadi.

Natija

  • 01Ingliz, rus va o‘zbek tilidagi sayt
  • 02Amaliyotlar, sohalar, bitimlar, jamoa, tahliliy maqolalar
  • 03Qidiruv tizimlari uchun sitemap va strukturalangan ma’lumotlar
  • 04Arizalar Telegram’ga keladi
  • 052025–2026-yillarda ishlab chiqildi va qo‘llab-quvvatlanadi
Enlawyer — 1
Enlawyer — 2
9:41
enlawyer.law
Enlawyer — 3
Keyingi loyiha
Damka.uz

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.