Biz Tour
Turlar katalogi bilan sayohat agentligi sayti

- Mijoz
- Biz Tour
- Yil
- 2023
- Nima qildik
- Sayt yaratishBrending
- Texnologiyalar
- Nuxt 3Django
Biz Tour sayohat agentligi uchun logotip va sayt. Saytning asosiy qismi turlar katalogi: mijoz menejerga yozishdan oldin yo‘nalishni o‘zi tanlaydi.
Vazifa
Toshkentdagi turagentliklar ko‘pincha Instagram va messenjerlar orqali sotadi. Turlar ko‘p bo‘lsa, ular lentada yo‘qolib ketadi, menejerlar esa bir xil savollarga qayta-qayta javob beradi: qayerga, qachon, qancha turadi.
Barcha takliflar bitta katalogda jamlangan sayt va agentlik uchun yangi logotip kerak edi.
Nima qildik
Logotip va turlar katalogi bor sayt qildik: har bir turning tavsifi va suratlari bilan alohida sahifasi bor. Agentlik turlarni admin panel orqali o‘zi qo‘shadi va olib tashlaydi.
Dizaynni sodda tutdik: yo‘nalishlarning suratlari har qanday grafik bezakdan yaxshiroq ishlaydi.
Natija
- 01Agentlik logotipi
- 02Turlar katalogi bor sayt
- 03Turlarni admin panel orqali boshqarish
- 042023-yilda ishga tushdi






Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.
Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.




