Skip to content
SaytlarUI/UX

Mening Yurtim (MY5)

«Mening Yurtim» oilaviy telekanalining media portali

Mening Yurtim (MY5)
Mijoz
Ozod yurt to‘lqinlari
Yil
2023–2026
Texnologiyalar
Nuxt 3DjangoPostgreSQL

O‘zbekistondagi eng yirik oilaviy telekanallardan biri MY5 sayti: ko‘rsatuvlar dasturi, seriallar, shoular, boshlovchilar va blog. 2023-yilda ishga tushirdik va o‘shandan beri kanal bilan birga rivojlantiryapmiz.

Vazifa

«Mening Yurtim»ning auditoriyasi katta, tomoshabinlar internetda aniq narsalarni qidiradi: yangi qism soat nechada chiqadi, shouni kim olib boradi, filmni qayerda ko‘rish mumkin. Kanal bu javoblar faqat ijtimoiy tarmoqlarda emas, o‘z saytida ham bo‘lishini xohladi.

Tahririyatga esa efir dasturi, loyihalar sahifalari va vakansiyalarni dasturchisiz yangilaydigan bitta vosita kerak edi.

Nima qildik

Frontend Nuxt 3 da server rendering bilan qilingan, shunda serial va shou sahifalari qidiruv tizimlarida indekslanadi. Backend va admin panel Django da.

Tuzilma tomoshabinlar kanaldan qanday foydalanishidan kelib chiqdi: bugungi va haftalik ko‘rsatuvlar dasturi, film va seriallar, alohida sahifali shoular, boshlovchilar va xodimlar, blog, vakansiyalar va efir sahifasi.

Ishga tushirish bilan ish tugamadi. Uch yil ichida repozitoriyda 140 dan ortiq commit to‘plandi: yangi bo‘limlar, mavsumiy o‘zgarishlar, kutubxonalarni yangilash.

Natija

  • 012023-yilda ishga tushdi, hozir ham qo‘llab-quvvatlanadi
  • 02Qo‘llab-quvvatlash davomida 140+ commit
  • 03Efir dasturi, seriallar, shoular, boshlovchilar, blog, vakansiyalar
  • 04Kontentni tahririyat admin panel orqali o‘zi yuritadi
9:41
my5.media
Mening Yurtim (MY5) — 1
Keyingi loyiha
Yoshlar ovozi

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.