Skip to content
SaytlarBrendingUI/UX

Legal Alliance

20 yillik tarixga ega yuridik firmaning korporativ sayti

Legal Alliance
Mijoz
Legal Alliance
Yil
2022–2026
Texnologiyalar
Nuxt 3DjangoDRFCeleryPostgreSQL

Legal Alliance uchun sayt, logotip va brendbuk. Firma 20 yildan ortiq advokatlik amaliyotiga ega. Loyiha bilan 2022-yildan beri ishlaymiz va hozir ham qo‘llab-quvvatlaymiz.

Vazifa

Legal Alliance 20 yildan ortiq sudlarda ish yuritadi va biznesga maslahat beradi, lekin internetda firma deyarli ko‘rinmasdi. Yuristga murojaat qilishdan oldin odamlar firmani tekshiradi: qaysi yo‘nalishlar bor, kimlar ishlaydi, tajriba qanday. Eski sayt bu savollarga javob bermasdi.

Hammasini bir joyga yig‘ish kerak edi. Yana bir shart: yangilik va videolarni firma xodimlari dasturchisiz o‘zlari joylashi kerak.

Nima qildik

Ishni brenddan boshladik. Dizaynerimiz logotip va brendbuk tayyorladi, sayt interfeysi shu asosda qurildi: vazmin tipografika, ko‘p bo‘sh joy, ortiqcha bezaksiz.

Frontend Nuxt 3 da, backend Django + DRF da, fon vazifalari Celery orqali ishlaydi. Bo‘limlar: har bir yo‘nalish uchun alohida sahifasi bor amaliyotlar, yuristlar profillari bilan jamoa, kategoriyalar bo‘yicha yangiliklar, video, kompaniya tarixi va butun sayt bo‘yicha qidiruv.

Kontentni firma admin panel orqali o‘zi yuritadi. Shu yillar davomida ularning so‘rovlari bo‘yicha bo‘limlarni kengaytirib bordik va server qismini kuzatib turamiz.

Natija

  • 01Logotip, brendbuk va sayt yagona uslubda
  • 02Amaliyotlar, jamoa, yangiliklar, video va kompaniya tarixi bo‘limlari
  • 03Butun sayt kontenti bo‘yicha qidiruv
  • 042022-yildan hozirgacha qo‘llab-quvvatlaymiz
Legal Alliance — 1
Legal Alliance — 2
Legal Alliance — 3
Legal Alliance — 4
Legal Alliance — 5
Legal Alliance — 6
9:41
legalalliance.uz
Legal Alliance — 7
Keyingi loyiha
Xina Soliha

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.