Skip to content
SaytlarUI/UX

Mezon Ta‘lim

Islom moliyasi o‘quv markazi uchun sayt va sotuv landingi

Mezon Ta‘lim
Mijoz
Mezon Ta‘lim
Yil
2026
Texnologiyalar
Next.jsReact 19

AAOIFI sertifikatlashuviga tayyorlaydigan va «Biznesda Islom moliyasi» kursini o‘tkazadigan Mezon Ta’lim markazi sayti. To‘rtinchi oqimga qabul uchun alohida landing ham qildik. Hammasi o‘zbek lotin, kirill va rus tillarida.

Vazifa

«Biznesda Islom moliyasi» kursi biznesda islom moliyasi qoidalarini qo‘llash haqida, markaz esa AAOIFI sertifikatiga ham tayyorlaydi. Auditoriyaning bir qismi o‘zbekchani lotinda, bir qismi kirillda, yana bir qismi ruscha o‘qiydi va hech kimni yo‘qotmaslik kerak edi.

Asosiy saytdan tashqari, markazga aniq qabul uchun sahifa kerak edi: kursning to‘rtinchi oqimi, dasturi va qisqa ariza shakli bilan.

Nima qildik

Ikkala sayt ham Next.js 16 da. Asosiy saytda kurslar, markaz haqida, blog va ro‘yxatdan o‘tish bor. Uchta til versiyasi: o‘zbek lotin, o‘zbek kirill va rus.

To‘rtinchi oqim uchun landing alohida ilova qilib yig‘ilgan: uni asosiy saytga tegmasdan reklama kampaniyasiga moslab tez o‘zgartirish mumkin. Ikkala saytdan kelgan arizalar Telegram’ga tushadi.

Natija

  • 01Markaz sayti va alohida sotuv landingi
  • 02O‘zbek lotin, kirill va rus tillari
  • 03Arizalar darhol Telegram’ga
  • 042026-yilda ishga tushdi
Mezon Ta‘lim — 1
Mezon Ta‘lim — 2
9:41
mezon-talim.uz
Mezon Ta‘lim — 3
Keyingi loyiha
Shajara

Vazifa bormi? Yozing — muhokama qilamiz.

Telegram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri studiya asoschisiga yozing. Nima kerakligini ikki og‘iz so‘z bilan ayting — savollar va taxminiy baho bilan javob beramiz.